
Babayan: "Hujum qilmadik? Hujum qilishimizni Namanganda ko‘rasizlar!"
Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Al Hilol" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 52-daqiqada Toma Tobatadze hisobni ochdi. Faqatgina 90+10-daqiqa davom etayotgan bir paytda Al-Bulayhi muvozanatni tikladi.
Uchrashuvdan so‘ng namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushdik. O‘yinga "Al Hilol"dan kelib chiqqan holda taktika tanladik. Albatta, oxirida o‘tkazib yuborilgan gol kayfiyatga ta’sir qiladi.
"Al Hilol"ga qarshi o‘yinda vaqt cho‘zish, bu barcha jamoalar uchun normal holat. Futbolchilarimiz atayin vaqt cho‘zishmadi, jarohatlari va toliqish bunga sabab bo‘ldi. Nima bo‘lgan taqdirda ham keragidan ortiq daqiqalar qo‘shib berildi.
Hujum qilmadik? Hujum qilishimizni Namanganda ko‘rasizlar!", - dedi mutaxassis.
Fikrlar