
BAA chempionati. Bugun legionerlarimiz o‘ynaydi
Bugun Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 7-tur bahslari davom ettiriladi.
E’tiborlisi, legionerlarimiz harakat qilayotgan jamoalar o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi. Shukurov to‘a tepayotgan "Sharja" o‘z maydonida "Al-Nasr"ni qabul qilsa, G‘anievning "Shabab Al-Ahli"si turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan "Al-Jazira"ga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, "Sharja" ayni damda 12 ochko bilan 3-o‘rinda joylashgan, 4 -o‘rindagi "Shabab Al-Ahli" hisobida esa 11 ochko mavjud.
Fikrlar