Azizbek Abdug‘ofurovda WBC kamari uchun jang qilish imkoni bormi?

  • 18 avgust, 2020, 00:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

“The athletic” nashri muxbiri Lens Pagmayrning xabar berishicha, super o‘rta vaznda (76kg) vakant qolgan WBC kamari uchun jang o‘tkazish borasida bir qancha bokschilardan takliflar kelib tushgan. Xususan, Saul Alvares, Kallum Smit, David Benavides, Azizbek Abdug‘ofurov va Avni Yildirim mazkur kamar uchun jang qilish xohishini bildirgan. Tashkilot bu borada qaror qabul qilish uchun seshanba kuni kengash chaqirgan.

Tecno

Ushbu kamarning sobiq egasi David Benavides Aleksis Anguloga qarshi jang oldidan vazn me’yorini bajara olmaganligi uchun kamar olib qo‘yilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!