Aziz To‘xtaboev "Paxtakor"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 29 iyun, 2019, 23:28
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliga 13-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Azizbek To‘xtaboev qatnashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

-  “Paxtakor” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun mag‘lubiyatga loyiq emasdik. O‘yin tugashiga  20 soniya qolganida  alamli gol o‘tkazib yubordik. “Paxtakor” kabi  kuchli jamoalariga qarshi o‘yinlarda bir daqiqa ham xotirjamlikka berilmaslik lozim. “Paxtakor” tarkib jihatidan ham , tajriba bobida ham eng kuchli jamoa. Bugun jamoamizning hamma futbolchilari yaxshi o‘yin namoyish qilishdi. Shahboz Erkinov esa eng yaxshi bo‘ldi deya olaman. Barcha futbolchilarimga o‘yin uchun rahmat aytaman. 

“Paxtakor” bilan bo‘lgan oldingi uchrashuvda futbolchilarimiz erkinroq o‘ynashgandi. Liga kubogining saviyasi balki oldingi bahsda o‘z ta’sirini o‘tkazgandir. Uydagi bahslarda o‘yinchilarimiz bosim ostida qolib ketayotgandek. 

Muxlislarimizni O‘zbekistonda etakchilaridan biri sifatida bilaman. Ular bizni doimo qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda. Bir so‘z bilan aytganda bugun muxlislik “super” bo‘ldi. Buning uchun ishqibozlarimizga minnatdorchilik izhor etaman.

Oldinda liga kubogi doirasida “Lokomotiv”ga qarshi o‘yin kutib turibdi. Bu o‘yinda asosan yoshlarimiz va zahirada qolayotgan futbolchilarga imkon beramiz, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
30/06/2019 00:18
Лекин буюрда феналти йӯгакен