Aziz To‘xtaboev: "Lokomotiv"ga qarshi bahsda g‘alaba qozonishni juda xohlagandik

  • 21 sentabr, 2019, 01:21
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 20-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Aziz To‘xtaboev qatnashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Bugungi bahsda g‘alaba qozonishni juda xohlagandik. Shu maqsad yo‘lida tayyorgarlik olib borgandik. Muxlislarimiz ham g‘alabali o‘yinlarga o‘rganib qolishgandi. “Lokomotiv”dek kuchli jamoalarga qarshi bahsda durang natija ham yomon emas. Bugungi uchrashuvda xatolar bo‘ldi. Bitta xato evaziga gol o‘tkazib yubordik. Kamchiliklar ustida ishlaymiz.

O‘z maydonimizda bosim ostida to‘p surishga to‘g‘ri keladi. Qo‘qonlik muxlislar ancha talabchan. Biz ularning talab va istaklarini qondirishni istaymiz, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
21/09/2019 08:29
Рахмат сенга фаргона мухлиси гап йук омад берсин
Кахрамонжон Сафаров
21/09/2019 08:27
Э ука койил коладиган уйин булди барака топинг командани янги кабул килгвн вактингизда Кукон Супер лигада колади деб ваъда берган эдингиз уйинлар бир-биридан очилмокда, Лахтакорни кубок уйинларида ер тишлатган эдинглар Локомотив эса бошига курт тушган куйдек гарангсираб колди омад Кукон жамоасига деб коламиз