Aziz Amonov: "U kimki, unga o‘zimni isbotlashim kerak" (matbuot anjumani)
Xabaringiz bor, "Buxoro" O‘zbekiston kubogi finalida "Paxtakor" bilan kuch sinashadi. Ushbu to‘qnashuvdan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida "Buxoro" klubi futbolchisi Azizbek Amonov ham ishtirok etib, o‘yin haqida gapirib o‘tdi.
"Ertangi o‘yinda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Sezib turibmiz, "Paxtakor" juda ko‘p finallarda ishtirok etgan. Bizda esa bu birinchisi. Qolganini esa maydonda ko‘ramiz".
Yaqinda Superliganing bir klubi bosh murabbiyi bir narsani ta’kidlagan edi: "Buxoro"ga qarshi kubok uchrashuvida raqib jamoaning motivatsiyasi ko‘proq edi. Shu sabab, ular keyingi bosqichga yo‘l olishdi. O‘sha bahsda aynan bir o‘yinchining ishtiyoqi baland edi va barchadan ko‘proq harakat qildi, deya sizni e’tirof etgan edilar. Ertangi finalda ham shunday motivatsiyaga ega bo‘lasizmi?
"To‘g‘risini aytsam, "Bunyodkor"ga qarshi bellashuvda o‘zimni hech kimga isbotlamoqchi emas edim. U kimki (Ilyos Zeytullaev haqida gap ketyapti) unga o‘zimni isbotlashim kerak. Jamoamiz bilan bir maqsad ostida maydonga tushdik - faqatgina g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olish. Allohga shukur, biz buni uddaladik. Agarda 1 ta futbolchiga bog‘liq bo‘lganda edi, boshqacha bo‘lardi. Lekin bunday emas. Futbol jamoaviy o‘yin. "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda ham borimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz".
Jamoa Superligada yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan edi. Ertaga esa final. "Buxoro" futbolchilari bo‘lajak to‘qnashuvga ruhiy jihatdan qanchalik tayyor?
"Bu ustida murabbiylarimiz ish olib borishdi. To‘g‘ri, chempionatda qiziq, kulgili vaziyatlardan gol o‘tkazib yubordik. Ammo buni ustida ancha ish olib bordik. O‘ylaymanki, finalda bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, yaxshiroq harakat qilgan holda, yaxshi natijaga erishamiz".



Fikrlar
бетарбия инсон жавоби