
Azarga APLdan taklif bor
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eden Azar Angliyaga qaytishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.
Mundial arafasida Azar "Real"ni tark etishga tayyorligi ma’lum bo‘ldi. Belgiyalik qishda, transfer oynasi ochilganda Madridni tark etmoqchi. "Qaymoqranglilar" rahbariyati ham uning ketishiga qarshi emas.
Manbaga ko‘ra, "Real" Madrid Azarni ijaraga berish haqida o‘ylamoqda, "Nyukasl"ga ham bu variant ma’qul kelgan. Transfer keyinchalik 20 million evroga majburiy sotib olish sharti evaziga amalga oshiriladi.
31 yoshli Azarning "Real" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallagan.
Fikrlar