Azar bir necha hafta maydonga tusholmaydi
"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Torgan Azar jarohati sabab bir necha haftaga safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, belgiyalik futbolchi Bundesliganing 1-turidan o‘rin olgan "Borussiya" Myunxengladbaxga (3:0) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda jarohat olgan. U ushbu bellashuvning 19-daqiqasidayoq zaxiraga olingan.
Azar o‘tgan mavsum “Borussiya” Dortmund safida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar