Aytjan Xalmaxanov jahon chempioniga aylandi!

CHERY AUTO

Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatidan xushxabar. Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Tecno

-63 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda janubiy koreyalik Chung Xan-Jaeni mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.

Bu so‘nggi 24 yil ichida yunon-rum kurashu bo‘yicha dunyo birinchiligida o‘zbekistonlik atletlarning qo‘lga kiritgan dastlabki oltin medali bo‘ldi. Barakalla, Aytjan!

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishga erishdi. 

Oltin medal:
-63 kg: Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi)

Kumush medal:
-60 kg: Alisher G‘aniev (yunon-rum kurashi)

Bronza medal:
-57 kg: G‘ulomjon Abdullaev (erkin kurash)
-65 kg: Umidjon Jalolov (erkin kurash)
-72 kg: Abdullo Aliev (yunon-rum kurashi)

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
22/09/2025 20:33
BARAKALLA!
GAP YO‘Q!
OMAD TILAYMAN!