
Ayla Tomlyanovich musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Avstraliyalik Ayla Tomlyanovich ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Volvo Car Open" musobaqasining birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Charlston shahri mezbonlik qilayotgan mazkur turnirning ushbu davrasida Ayla polshalik Magda Linettni 6:2, 7:6 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa ikkinchi davraga yo‘l olgan Tomlyanovich, endi sloveniyalik Tamara Zidanshekka qarshi chorak final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.
Fikrlar