
Avstriyalik bokschi kasalxonada, do‘sti esa o‘lik holda topildi
Kecha avstriyalik bokschi Jeyson Tonkin britaniyalik do‘sti (ismi ochiqlanmagan) bilan Tailanddagi mehmonxonalardan birida tunab qolgan edi.
Bugun ertalab britaniyalik yigit o‘z xonasida o‘lik holda topilgan. Bunga dastlabki guvoh - bokschi Tonkin bo‘lib, u darxol mehmonxona xodimlarini yordamga chaqirgan. Keyinchalik, u va do‘stining qonida giyohvand moddalar aniqlangach, shifokorlar ularni kasalxonaga olib ketdi. Bu haqda "The Dail Mail" nashri xabar bermoqda.
Ushbu vaziyatni chuqurroq o‘rganish maqsadida jinoyat ishi ochildi.
Fikrlar