
“Australian Open – 2018”da Mariya Sharapovaga raqib topildi
“Australian Open – 2018” birinchi davrasida chexiyalik Petra Kvitova germaniyalik Andrea Petkovichga qarshi kortga chiqdi.
Uch set davom etgan uchrashuvda Andrea raqibasini 6:3, 4:6, 10:8 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va o‘zaro o‘yinlardagi hisobni 5:5 ko‘rinishiga olib keldi.
Latviyalik Anastasiya Sevastova esa ikkinchi davraga chiqish uchun o‘tgan o‘yinda amerikalik Varvara Lepchenkoni 3:6, 6:3, 6:2 hisobida engdi. Endi u navbatdagi bosqichda rossiyalik Mariya Sharapovaga qarshi raqobatlashadi.
Fikrlar