
“Australian Open – 2018”: Go‘zal tennischi qizlar bahsi davom etmoqda
Germaniyalik Anjelik Kerber “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.
Anjelik musobaqaning birinchi davrasida hamyurti Anna-Lena Fridzamga qarshi kortga chiqib, 6:0, 6:4 hisobida zafar quchdi. Shuningdek, ushbu bosqichda rossiyalik Elena Vesnina Tunisa sharafini himoya qilayotgan Ons Jaberni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bugun “Australian Open – 2018” turnirining birinchi davrasida quyidagi uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Su-Vey Se (Tayvan) – Ju Lin (Xitoy)
Ejeni Bushar (Kanada) – Osian Doden (Frantsiya)
Lorin Devis (AQSh) – Yana Chepelova (Slovakiya)
Yuliya Putintseva (Qozog‘iston) – Xizer Uotson (Buyuk Britaniya)
Andrea Petkovich (Germaniya) – Petra Kvitova (Chexiya)
Natalya Vixlyantseva (Rossiya) – Lesya Tsurenko (Ukraina)
Polona Gertsog (Sloveniya) – Ekaterina Aleksandrova (Rossiya)
Kamila Jorji (Italiya) – Anna Kalinskaya (Rossiya)
Simona Xalep (Ruminiya) – Destani Ayyava (Avstraliya)
Garbine Mugurusa (Ispaniya) – Jessika Ponshe (Frantsiya)
Kristina Mladenovich (Frantsiya) – Ana Bogdan (Ruminiya)
Varvara Lepchenko (AQSh) – Anastasiya Sevastova (Latviya)
Eshli Barti (Avstraliya) – Arina Sobolenko (Belarus)
Kristina Plishkova (Chexiya) – Agneshka Radvanska (Polsha)
Van Tsyan (Xitoy) – Medison Kiz (AQSh)
Fikrlar