ATP. Ruslar sensatsiya ko‘rsatishda davom etadi! Bu safar Jokovich mag‘lub etildi

  • 19 noyabr, 2020, 22:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

London shahri tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yilning yakuniy turniriga mezbonlik qilmoqda. 4-kunning so‘nggi bellashuvida serbiyalik Novak Jokovich hamda rossiyalik Daniil Medvedev o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oldi.

Tecno

Musobaqaning 1-tartib raqam ostida saralangan tennischisiga qarshi juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan Medvedev tajribali raqibiga katta muammo tug‘dira oldi. Eyslar, to‘p uzatishlardagi aniqlik, breyk-pointlar ko‘pligi evaziga Daniil raqibini 6:3, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu bellashuvdan bir necha soat avval yana bir rus tennischisi Andrey Rublyov turnir g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlardan biri, avstriyalik Dominik Timdan 2 setda ustun kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!