"Atletiko"ga qarshi o‘yin "Barsa" uchun "qimmat"ga tushdi

  • 22 noyabr, 2020, 19:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Usmon Dembele La Liga 10-turi doirasida "Atletiko"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, "Barselona"ning jarohatlangan futbolchilari Jerar Pike va Serxi Roberto qatoriga frantsiyalik futbolchi ham qo‘shildi.

Tecno

Forvard "matraschilar" bilan o‘yinda "Atletiko" yarim himoyachisi Yannik Ferreyro Karrasko bilan to‘qnashuvdan so‘ng erga noqulay yiqilib, elkasidan jarohat oldi. Bugun "Barsa" futbolchilari klub bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, ammo matbuot xizmati Dembele haqida rasmiy bayonot bergani yo‘q,

Dembele "ko‘k anor ranglilar" safida keyingi o‘yinlarda maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. 24 noyabr kuni kataloniyaliklar EChL guruh bosqichi doirasida "Dinamo" bilan bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!