"Atletiko" Kavanini sotib olishga yana bir bor urunib ko‘radi

  • 15 oktabr, 2019, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishi mumkin.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeone jamoaning hujum chizig‘i namoyish etayotgan o‘yindan norozi va uni kuchaytirishni xohlamoqda. Aytish kerakki, “Atletiko” bir necha bor Kavanini sotib olishga urunib ko‘rgan, biroq ushbu transfer amalga oshishiga yakunda nimadir xalaqit bergan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kavani mavsum yakunlangach “Manchester Yunayted”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!