
"Atletiko" futbolchisi grek klubi bilan shartnoma imzoladi
Xorvatiyalik himoyachi Shime Vrsalko faoliyatini Gretsiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Atletiko"ning sobiq himoyachisi "Olimpiakos" bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolagan. U yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan.
Futbolchining transferi bugun rasman e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, Shime Vrsalko 2016 yildan buyon “Atletiko”da o‘ynab kelayotgan edi.
Fikrlar