"Atletiko" futbolchilari "Portu"ga o‘tmoqda

  • 5 oktabr, 2020, 21:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” yarim himoyachisi Toma Lemar va Ektor Errera faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Portu” har ikkala futbolchini ham ijaraga olmoqchi va bu borada muzokaralar olib bormoqda.

Joriy yozgi transferlar davrida Lemar “Bavariya”ga, Errera esa “Zenit”ga o‘tishi mumkin edi. Ammo tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Toma Lemar o‘tgan mavsum La Ligada 22 ta, Ektor Errera esa 21 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!