
"Atletiko" 33 ta o‘yindan buyon penalti tepmayapti. Bu rekord!
"Atletiko" 350 kundan buyon La Ligada penalti tepish huquqini qo‘lga kirita olmayapti. Bu haqda Cadena Ser jurnalisti Pedro Fullana xabar bermoqda.
O‘z navbatida, hakamlar chempionatning ketma-ket 33 ta uchrashuvida “matraschilar” foydasiga penalti belgilashga jazm etishmagan.
Madridliklar foydasiga belgilangan oxirgi penaltidan 350 kun o‘tdi - bu klub tarixidagi rekord davr. Bungacha "Atletiko" 1941/42 va 1942/43 yilgi mavsumlarda penaltisiz eng uzun seriyani qayd etgan (32 ta o‘yin).
La Liganing 30-turida “Atletiko” “Barselona”ga imkoniyatni boy berdi (0:1). Uchrashuvning 90-daqiqasida Rodrigo De Polning jarima maydonchasiga oshirib bergan to‘piga Alvaro Morata boshi bilan zarba berdi va to‘p “Barselona” yarim himoyachisi Sergi Busketsning qo‘liga tegdi, ammo uchrashuv bosh hakami Xose Mariya Sanches penalti belgilamadi va epizodning videotakrorini ko‘rib chiqmadi.
Fikrlar