
Artetaga yozda transferlar uchun qancha mablag‘ ajratiladi?
"Arsenal" klubi yozda tarkibni kuchaytirish ustida jiddiy ish olib boradi. Klub transferlar uchun Artetaga 200 million evro ajratiladi.
"MailSport" nashrining ma’lum qilishicha, klub Evropa chempionlar ligasiga chiqqani munosabati bilan zaxira o‘rindig‘ini ham sezilarli kuchaytirmoqchi. Klub allaqachon ba’zi futbolchilar bo‘yicha takliflar tayyorlab qo‘ygan.
Ayni paytda "kanonirlar" ro‘yxatidan Deklan Rays, Meyson Maunt, Muhammad Quddus, Moyzes Kaysedo singari futbolchilar o‘rin olgan. Shuningdek, jamoa hujumdagi ikki qanot vakillariga ham munosib o‘rinbosar olib kelmoqchi.
Fikrlar