Arteta: Xursand bo‘lishga hali juda erta
Mikel Arteta jamoasning APLdagi natijlari bo‘yicha fikr bildirdi.
"Biz ko‘proq ma’lumot to‘plashimiz va avvalgi mavsumlarda nega ko‘p ochko yo‘qotganimizni tushunishimiz, so‘ngra buni tuzatishga harakat qilishimiz kerak. Ochig‘ini aytsam, durang va g‘alaba o‘rtasdiagi farq ko‘pincha mayda detallarga bog‘liq. Bu narsalar sening foydangga ishlasa, g‘alaba qozonasan. Shunga qaramay, jamoamiz hozirda chindan ham etuklik darajasini namoyish etmoqda. Bunda raqibga xavf solish va o‘ziga bo‘lgan ishonch paydo bo‘ladi. Biroq hursand bo‘lishga hali juda erta, oldinda bizni chempionlik uchun 30 ta uchrashuv kutib turibdi. Maqsadimiz bu tempni butun mavsumda saqlab qolish",- dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Arteta shogirdlari APLda 8 ta uchrashuvda 19 ochko jamg‘argan holda peshqadimlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinni Pep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" 17 ochko bilan egallab turibdi.



Fikrlar