Arteta: "Saka menda katta taassurot qoldirdi"

  • 17 aprel, 15:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mikel Arteta "Real"ga qarshi o‘yinda Bukayo Sakaning o‘yinidan qoyil qolganini tan oldi. "Arsenal" Chempionlar ligasi 1/4 finali javob bahsida "Bernabeu"da 2:1 hisobida g‘alaba qozondi (birinchi o‘yin – 3:0). 
  
— Saka penaltini o‘tkazib yubordi, lekin o‘zini qo‘lga olib, gol urdi va hissiyotlarini nazorat qilgan holda, ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Bu uning "Bernabeu"dagi birinchi o‘yini edi. U menda katta taassurot qoldirdi”, - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi "kanonirlar" bosh murabbiyi. 
  
Ma’lumot o‘rnida, ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostidagi "to‘pchilar" EChLning yarim final bosqichida Frantsiyaning PSJ klubi bilan to‘qnash keladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!