Arteta: "Saka bir necha hafta maydonga tusha olmaydi"

  • 29 avgust, 22:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa etakchisi Bukayo Sakaning jarohati haqida gapirdi.

Tecno

"Saka o‘zini ancha yaxshi his qilyapti, ammo afsuski, u bir necha hafta maydonga tushmaydi. Operatsiya talab etilmadi. Baribir o‘tgan safardagidek og‘ir emas.

Bu yoqimsiz holat, lekin uning qaytishi qanchalik tez bo‘lishini kutamiz. Martin Edegor hali mashg‘ulotlarni boshlamadi. Agar boshlasa, ertaga bo‘lishi mumkin. U ham, biz ham "Liverpul"ga qarshi o‘yingacha uni tayyorlash uchun barchasini qilyapmiz", — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Ma’lumot uchun, Saka va Edegor APLning oxirgi turida "Lids"ga qarshi (5:0) o‘yinda jarohat olgan edi. "Arsenal" esa 31 avgust kuni safarda "Liverpul" bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!