
Arslon Raximov Osiyo chempionati kumush medali soxibi yoxud Osiyo chempionatida 12 ta medalni qo‘lga kiritdik
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidagi so‘ngi vakilimiz Arslon Raximov ham finalda hindistonlik kurashchiga imkoniyatni boy berdi va Osiyo chempionati vitse chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. Mazkur turnirda erkin kurashchilarimiz to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.
Nodirbek Yoqubov (45kg) kumush;
Kamron Qadamov (48kg) bronza;
Arsljn Raximov (55 kg) kumush;
Sho=rux Jo‘raev (71kg) kumush.
Sport kurashlari bo‘yicha kadetlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mazkur Osiyo chempionatida to‘liq tarkibda ishtirok etgan terma jamoamiz jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdilar. 2 ta oltin, 4 ta kumush hamda 6 ta bronza. Endi navbat yunon-rum bo‘yicha yoshlar terma jamoamizga keldi. Sababi, ushbu sport turi bo‘yicha 9-14 iyul kunlari Tailandning Chonburi shahrida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘ylaymizki, mazkur turnirda ham hamyurtlarimiz ijobiy natijalarni qayd eta oladilar.
Fikrlar