Arslon Raximov finalga chiqdi

CHERY AUTO

Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida erkin kurashchilarimiz ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. Kecha, 71 kg vazn toifasida Shohrux Jo‘raev kumush medalni qo‘lga kiritgandi. Bugun, 55 kg vaznda Arslon Raximov ham finalga yo‘l oldi. U bu bosqichga qadar eronlik raqibini 11:0 hisobida, yaponiyalik kurashchini esa 8:6 natijasi bilan mag‘lub etdi. Endi, finalda hindistonlik sportchi bilan Osiyo chempionligi uchun gilamga chiqadi.

Tecno

Osiyo chempionatining to‘rtinchi kuni ya’ni bugun, yana bir qator erkin kurashchilarimiz baxsga kirishadi...

Nodirbek Yaqubov 45 kg;

Kamron Qadamov 48 kg;

Sarvarbek Xudoyberganov 51 kg;

Zafarbek Otaxonov 60 kg

Amirjon Namozov92 kg; 

Namoz Abdurashidov 110 kg.

Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!