
"Arsenal"ning kelajagi yoshlar qo‘lida!
Londonning "Arsenal" klubi jamoaning yosh futbolchilari bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlash niyatida. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Qayd etilishicha, "to‘pchilar" tez orada Bukayo Saka, Gabriel Martinelli va Uilyam Saliba bilan muzokaralarni boshlaydi. Bu futbolchilarning shartnomalari 2024 yilning yozida tugaydi, shuning uchun klub rahbariyati o‘z futbolchilarining kelajagini oldindan hal qilib qo‘yishni maqsad qilgan.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli Gabriel Martinelli ayni damda 60, Bukayo Saka 90, Uilyam Saliba esa 50 million evroga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" 14-turdan so‘ng 37 ochko bilan APLda peshqadamlik qilmoqda. Jamoa "Manchester Siti"dan 5 ochkoga oldinda ketyapti. Evropa Ligasida esa "to‘pchilar" ishonchli tarzda guruhda birinchi o‘rinni egalladi va kelgusi bosqichga yo‘l oldi.
Fikrlar