"Arsenal"da jarohatlanganlar soni keskin oshdi — Arteta sababini tushuntirdi

  • 10 dekabr, 03:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" futbolchilari o‘tgan mavsum boshidan buyon jami 95 ta jarohat olgan — bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqat "Brayton" londonliklardan yuqori. Joriy mavsumning o‘zidayoq jamoada 28 ta jarohat qayd etilgan, bu ham Premer-ligadagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri.

Tecno

Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Artetadan futbolchilarni ortiqcha mashq bilan charchatayaptimi, degan savol berildi.

Arteta bu fikrni rad etdi:

"Yo‘q, chunki bizda to‘liq mashg‘ulot o‘tkazishga vaqt yo‘q. Bugun 20 daqiqa ishladik, shuning uchun bu futbolchilarning ortiqcha charchashi bilan bog‘liq emas. Lekin aniqki, tarkibda ko‘p futbolchi yo‘qligida, qolganlarga yuklama oshadi va bu oqibatlarga olib keladi — juda xavfli bir aylanma paydo bo‘ladi.

Arsenal manager Mikel Arteta with Gabriel Maertinelli at Jan Breydelstadion on December 10, 2025 in Bruges, Belgium.

Jarohatlar turini farqlash kerak. Ayrimlari uzoq muddatli, boshqalari to‘satdan ro‘y bergan. Biz doimiy ravishda tahlil qilib boryapmiz. Biz ko‘p o‘yinlarni jarohatga uchraganlar soni baland bo‘lgan sharoitda o‘tkazdik, bu esa kuchli zo‘riqishga olib keladi — natijada yangi jarohat paydo bo‘ladi", — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!