
"Arsenal" va "Tottenxem" "Liverpul" futbolchisi uchun kurash boshladi
“Liverpul” klubi himoyachisi Deyan Lovren yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi yana APLda qolishi mumkin. Unga «Tottenxem» va «Arsenal» klublaridan qiziqishlar bor. O‘z navbatida mersisaydliklar ham asosan zaxirada qolib ketayotgan Lovrenni qo‘yib yuborishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Deyan Lovren joriy mavsum APLda bor yo‘g‘i 9 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. U “Liverpul” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar