
“Arsenal” va “Chelsi” yana bir yarim himoyachi uchun kurashadi
“Vest Xem” futbolchisi Deklan Rays uchun bir qator top klublar kurashmoqda. Mish-Mishlarga ko‘ra, yarim himoyachi yozda o‘z jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
“Times Sport” nashri xabar berishicha, “Arsenal” va “Chelsi” 24 yoshli futbolchini sotib olishga harakat qiladi. “Vest Xem” esa uning transferidan 80 million evro ishlab olmoqchi.
Ma’lumot uchun, Deklan Rays ushbu mavsum barcha chempionatlarda 30 ta o‘ynda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar