“Arsenal” transfer rekordini yangilashga bel bog‘ladi

  • 19 may, 2023, 09:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum oxiriga kelib, chempionlik imkoniyatini “Manchester Siti”ga boy bergan “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta yozda tarkibni sezilarli darajada kuchaytirish kerakligini ta’kidlamoqda.

Tecno

“Kanonirlar” maydon markazida ustunlikka ega bo‘lish uchun o‘z pozitsiyada dunyoning eng kuchli o‘yinchilaridan biri sifatida tan olingan Deklan Raysni olib kelmoqchi.

“Vest Xem” sardorini qo‘lga kiritish uchun “Arsenal” Evropaning bir qator grand klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

- “To‘pchilar” o‘z maqsadiga etish uchun “Vest Xem”ga 92 million funt to‘lashga tayyor, - deb yozmoqda The Telegraph nashri.

“Arsenal” o‘z tarixida hech qachon bunaqa katta summaga futbolchi olmagan. Klub rekordi 80 million evrolik transfer hisoblanadi. “Kanonirlar” Nikola Pepe uchun shuncha to‘lagan.

Rekord yangilanishi “Vest Xem”ga bog‘liq. Hozircha, ularni “Arsenal” taklif qilgan summa qoniqtirmayapti. “Vest Xem” Deklan Raysni 120 million funtga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!