"Arsenal" muxlislari buni naqd 7 yil kutishdi

  • 22 aprel, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" so‘nggi 7 yil ichida birinchi marta APLda mavsumni "Tottenxem"dan yuqorida yakunlaydigan bo‘ldi.

Tecno

Mikel Arteta jamoasi kecha 32-turda “Sautgempton”ga (3:3) qarshi qayd etilgan durangdan so‘ng bu mavsumda Premer-ligada "shporlar"dan yuqori o‘rinni egallashi aniq bo‘ldi.

Hozir jamoalar o‘rtasidagi farq 22 ochkoni tashkil qilmoqda. "Tottenxem" hisobida mavsum yakunigacha 7 ta o‘yin bor. Agar London klubi ushbu bahslarni barchasida g‘alaba qozongan taqdirda ham 21 ochkodan ko‘p jamg‘ara olmaydi va o‘z-o‘zidan “Arsenal”ga eta olmaydi.

So‘nggi bor "kanonirlar" 2015/16 yilgi mavsumda “Tottenxem”dan yuqori o‘rinda yakunlashgan. O‘shanda "Arsenal" 2-o‘rinni, "Tottenxem" esa 3-o‘rinni egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!