"Arsenal" murabbiyi chempionship jamoasiga o‘tishi mumkin

  • 18 oktabr, 2024, 11:17
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliyaning "Arsenal" klubining sobiq futbolchisi Jek Uilsher chempionshipda to‘p tepuvchi "Norvich Siti" klubining murabbiylar shtabiga qo‘shilishi mumkin.

Ayni damda "Arsenal" U18 jamoasining bosh murabbiyi va "kanareykalar" o‘rtasidagi yuzma-yuz olib borilayotgan muzokaralar ilk bosqichda ekanlishi aytilmoqda. "Sariq-yashillar" 32 yoshli sobiq futbolchini o‘zining murabbiylik postida ko‘rishni istasa, yaxshigina tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.

Eslatish o‘rinli hozirda "Norvich Siti" chempionshipning 9-turidan keyin musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!