"Arsenal" "Marsel" hujumchisiga qiziqib qoldi

  • 28 iyul, 2019, 19:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Marsel" klubi hujumchisi Florian Toven "Arsenal"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda La Provence nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” 26 yoshli frantsiyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Uning transferi esa 50 mln evroga tushishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, Toven uchun APL begona emas. Boisi, u bundan avval “Nyukasl”da to‘p surgan.

Xabarlarga qaraganda Tovenga shuningdek “Valensiya” klubidan ham qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Florian Toven o‘tgan mavsum “Marsel” safida jami 37ta o‘yinda ishtirok etdi va 18ta gol hamda 9ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!