"Arsenal" Kulibalini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi "Napoli" himoyachisi Kulidu Kulibalini sotib olmoqchi. Bu haqda The Daily Star nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 28 yoshli senegallik futbolchi neapolliklar safidan ketmoqchi. “Kanonirlar” esa ushbu vaziyatdan unumli foydalanib uni o‘z tomonlariga og‘dirib olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Kulibali bu mavsum A Seriyada jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2023 gacha imzolangan, transfer narxi esa 75 mln evroga baholanmoqda.



Fikrlar