
"Arsenal" himoyachisi A Seriya grandlarining e’tiboriga tushdi
Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Sead Kolashinats faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli bosniyalik futbolchiga “Roma” va “Napoli” klublaridan qiziqishlar mavjud.
Neapolliklar Kolashinatsni joriy qishki transferlar davrida sotib olishmoqchi. Rimliklar esa uni yozda shartnomasi yakunlanadigan Aleksandar Kolarov o‘rniga mavsum yakunlangach tarkibga jalb etishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Kolashinatsning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum APLda jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar