
"Arsenal" futbolchisi ham Saudiyaga yo‘l olishi mumkin
“Arsenal”ning ganalik yarim himoyachisi Tomas Partey faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, saudiyaning bir nechta jamoasi 30 yoshli futbolchi uchun 40 million evro to‘lashga tayyor. Ular bu miqdorni bosqichma-bosqich o‘tkazmoqchi.
Futbolchining o‘zi hali biror qarorga kelmagan. Unga Evropa klublaridan ham takliflar bor. Biroq u hozirda “kanonirlar” bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormayapti.
Ma’lumot uchun, Tomas Partey o‘tgan mavsum Premer-ligada 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.
Fikrlar