"Arsenal" "Barselona" himoyachisi uchun 75 million to‘lashga tayyor

  • 16 aprel, 11:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubi uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "To‘pchilar" rahbariyati Kundeni sotib olish uchun 75 million evro atrofida mablag‘ ajratishga tayyor. Frantsiyalik futbolchining o‘zi tomonlar kelishuvga erisha olsa, jamoani almashtirishga qarshi emas.

Jyulning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 60 million evroni tashkil qiladi. Bu mavsumda 26 yoshli himoyachi 49 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!