
"Arsenal" Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun 100 mln evrodan ko‘proq pul sarflashga tayyor!
Londonning “Vest Xem” klubi yarim himoyachisi Deklan Rays Angliya Premer-ligasining grand klublari uchun asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.
Todofichajes nashrining xabar berishicha, APLning amaldagi etakchisi - "Arsenal" yozgi transfer oynasida 24 yoshli angliyalik futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qiladi. "Kanonirlar" buning uchun 100 million evrodan ko‘proq pul to‘lashga tayyor.
“Arsenal”ning yarim himoyachi uchun asosiy raqobatchisi “Manchester Yunayted” va “Chelsi” hisoblanadi.
O‘z navbatida, "Vest Xem" etakchi futbolchisini 135 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Raysning "bolg‘achilar" bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar