Arne Slot: "APLda chempion bo‘lish boshqa kuboklardan ancha qiyin"

  • 23 may, 17:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasida chempion bo‘lishni eng qiyin vazifa deb hisoblaydi.

Tecno

"Bu eng qiyin yutuq, uni qo‘lga kiritish juda oson emas. Kuboklar ba’zan omad yor bo‘lib, engil raqiblarga to‘g‘ri kelib yoki penaltilarda g‘alaba qozonib yutilsa bo‘ladi. Ammo ligadagi g‘alaba – eng murakkabi, ayniqsa bugungi kunda. APL eng kuchlisiga aylangan. 

"Siz ko‘rdingiz: APL jadvalida 16 va 17-o‘rinda turgan jamoalar evrokubok finaliga chiqqan. Bu liganing darajasini ko‘rsatadi" - deya ta’rif berib o‘tdi niderlandiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" Evropa ligasi finalida "Manchester Yunayted"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu muvaffaqiyat orqali "shporlar" kelasi mavsum UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!