“ArMI—2022”. “Sodiq do‘st”dan mutlaq ustunlik: ayollar va erkaklar jamoasi oltin medallarni qo‘lga kiritdi

  • 26 avgust, 2022, 23:36
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

“ArMI—2022” Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida o‘tkazilgan “Sodiq do‘st” musobaqasi o‘z yakuniga etdi.

Tecno

Ushbu musobaqada mamlakatimiz nomidan ikkita jamoa qatnashib, ularning biri asosiy, keyingisi tanlovdan tashqari tartibda ishtirok etdi. Shu o‘rinda asosiy jamoamizda g‘alabaga hissa qo‘shgan qahramonlarimiz nomini qayd etish o‘rinlidir. Xususan, erkaklar jamoasida yuqoridagi rekordchilarimiz kichik serjant Zuhriddin Qo‘shoqov va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Qurbonbek Yarashev bilan birga III darajali serjant Ulug‘bek Nurullaev “Boyar”, kichik serjant Sodiq Dilmurodov “Klif”, III darajali serjant Daler Ikromov “Argo” laqabli xizmat itlari bilan Xalqaro armiya o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rganini isbotladi.

Asosiy bo‘lmagan jamoa tarkibida esa kichik serjant Muslimbek Alimov “Sting”, kichik serjant Mirzohid Mamatov “Ron”, kichik serjant G‘ayrat Arslonov “Vesla” laqabli Belgiya ovcharkasi zotiga mansub xizmat itlari bilan mashq maydoniga tushdi. Shuningdek, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Shamsiddin Qo‘shoqov “Verniy”, kichik serjant Jahongir Safarov “Jessi” laqabli xizmat itlari ham alohida ahamiyatga ega.

Bugun musobaqaning so‘nggi “Dog biatlon” (chempionlar poygasi) shartida har bir jamoadan yakka tartibda yagona ishtirokchi qatnashdi. Dastlab ayollar o‘rtasida hamyurtimiz kichik serjant Irodaxon Olimova “Gita” laqabli xizmat iti bilan maydonga tushib, tengsiz ekanini isbotladi va mutlaq g‘olib bo‘ldi. Irodaning g‘alaba seriyasini erkaklar jamoamiz davom ettirdi.

Erkaklar o‘rtasida kichik serjant Zuhriddin Qo‘shoqov “Best” laqabli sodiq do‘sti bilan musobaqaning navbatdagi rekordini o‘rnatdi. E’tiborlisi, 2021 yilgi 5 daqiqayu 56 soniyalik rekordga ham uning o‘zi mualliflik qilgan edi. Joriy yilda esa 5 daqiqayu 25 soniyalik natijani qayd etib, rekordini yangiladi.

Shu tariqa musobaqaning mazkur eng oxirgi shartida jazoirlik harbiy kinolog Abdulqodir Menasri “Isko” laqabli xizmat iti bilan ikkinchi, Rossiya jamoasidan kichik serjant Nikita Borisov “Gay Foks” laqabli xizmat iti bilan 3-o‘rinni egalladi. Kichik serjant Dmitriy Tatarinov (Belarus) esa “Zevs” laqabli xizmat iti bilan oxirgi o‘rinni band etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!