Arina Sobolenko 18 yoshli tennischi oldida ojiz qoldi
Xotin-qizlar tennis uyushmasi – "WTA" tomonidan Frantsiya poytaxti Parij shahrida "French Open" turnirining ikkinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
Ushbu davrada belaruslik Arina Sobolenko amerikalik Amanda Anisimovaga qarshi kortga chiqib, kutilmaganda 4:6, 2:6 hisobida taslim bo‘ldi.
Shu tariqa "Rolan Garros" musobaqasining uchinchi bosqichiga yo‘l olgan Anisimova, endi ruminiyalik Irina-Kameliya Begu, yoki chexiyalik Karolina Muxova bilan raqobatlashadi.



Fikrlar