
Argentinaning Amerika kubogi uchun qaydnomasi e’lon qilindi
Mazkur musobaqa uchun Argentina terma jamoasining tarkibi e’lon qilindi. 23 kishidan iborat ro‘yxatda Paulo Dibala va Leandro Paredes kabi futbolchilarni uchratish mumkin.
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi esa termaga jalb etilmadi.
Darvozabonlar: Esteban Andrada («Boka Xuniors»), Franko Armani («River Pleyt»), Agustin Markesin («Amerika»);
Himoyachilar: Milton Kasko («River Pleyt»), Xuan Foyt («Tottenxem Xotspur»), Ramiro Funes Mori («Vilyarreal»), Nikolas Otamendi («Manchester Siti»), Xerman Pesselya («Fiorentina»), Renso Saraviya («Rasing»), Nikolas Talyafiko («Ayaks»);
Yarim himoyachilar: Rodrigo De Paul («Udineze»), Anxel Di Mariya («Pari Sen-Jermen»), Djovani Lo Chelso («Betis»), Eksekiel Palasios («River Pleyt»), Leandro Paredes («Pari Sen-Jermen»), Roberto Pereyra («Uotford»), Rodriges Gido («Amerika»);
Hujumchilar: Markos Akunya («Sporting»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Paulo Dibala («Yuventus»), Lautaro Martines («Inter»), Lionel Messi («Barselona»), Matias Suares («River Pleyt»).
Fikrlar