Argentinalik yulduz faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirishi mumkin

  • 8 aprel, 2022, 20:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Paulo Dibalaga APLning ikki klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Corriere dello Sport" nashri xabar bermoqda. 

28 yoshli argentinalik vingerni "Arsenal" hamda "Nyukasl" kabi jamoalar o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan. Biroq ular hali futbolchining o‘ziga taklif bilan chiqmadi. 

Pauloning o‘zi Italiyani tark etishni xohlamoqda. Agar boshqa chempionlatlardan yaxshi taklif kelib tushmasa, u "Inter"ga o‘tishi mumkin. 

28 yoshli o‘yinchining Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi. Katta ehtimol bilan u amaldagi klubi bilan hamkorlikni davom ettirmaydi. 

Bu mavsum A Seriyaning 22 uchrashuvida maydonga tushgan Dibala 8 ta gol hamda 5 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!