"Archivo VAR": "Vinisiusga nisbatan qoidabuzarlik bo‘lgan, penalti qo‘yilishi kerak edi"
La Ligada madridning "Real" jamoasi ishtirokidagi navbatdagi o‘yin yana bahsli hakamlik qarori bilan esda qoldi. "Alaves"ga qarshi bahsning 88-daqiqasida Vinisius Junior jarima maydoniga kirib borib, raqib bilan to‘qnashuvdan so‘ng erga yiqildi.
Biroq hakam qoidabuzarlik bo‘lmagan, degan qaror chiqardi. VAR xonasidagi assistentlar ham shu fikrni qo‘llab-quvvatladi. Shunga qaramay, "Archivo VAR" ta’kidlashicha, hakamlar xatoga yo‘l qo‘ygan va mazkur epizodda penalti belgilanishi kerak edi, chunki braziliyalik futbolchiga nisbatan qoidabuzarlik sodir etilgan.
Manbaga ko‘ra, videohakamlar bosh hakamga tegishli tavsiya berishi lozim edi, ammo noma’lum sabablarga ko‘ra bu amalga oshirilmagan. Ushbu paytga kelib madridliklar 2:1 hisobida oldinda edi va uchrashuv oxirigacha hisob o‘zgarmadi.



Fikrlar