
AQShdan Messiga rad etib bo‘lmas taklif. Messi uni qabul qilmoqchi!
Lionel Messi uchun kurash qizigandan qizimoqda. Uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klublar antiqa takliflarni bildirmoqda.
Argentinalik yulduzga “Ar-Hilol” har bir mavsum uchun 600 million evrodan maosh to‘lamoqchi edi. Hali Messi bu chorlovni qabul qilgani yo‘q.
AQShning “Inter Mayami” klubi ham qo‘lidan kelganicha harakat qilyapti. AQSh chempionatining barcha klublari Messini “sehrli diyor”ga kelishini kutyapti.
The Athletic nashrining yozishicha, amerikaliklar Lionel Messiga quyidagi bonuslarni taklif qilgan.
Birinchidan, Lionel Messi Amerika chempionatiga ko‘chib o‘tsa, Apple+ orqali futbol uchrashuvlari va ularga doir kontentlarni tomosha qilgan obunachilar to‘lovidan ulush oladi.
Ikkinchidan, Messiga “Adidas” kompaniyasi sotilgan mahsulotlaridan ma’lum summa ajratishga rozilik bergan.
Uchinchidan, Messi professional faoliyatini yakunlaganidan keyin AQSh chempionatining istalgan klubini sotib olib, unga egalik qilishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, Messining rafiqasi Antonello futbolchidan aynan AQSh variantini tanlashni so‘rayapti. Futbolchining otasi Xorxe Saudiya Arabistoni variantiga moyillik bildirmoqda.
Fikrlar