
APLning eng tezkor futbolchilari ma’lum
Statistika bilan shug‘ullanuvchi "OPTA" nashri APLning bu mavsumdagi eng tezkor futbolchilarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, tezkor futbolchilar ro‘yxatida "Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger etakchilik qilmoqda.
U "Brayton"ga qarshi bahsda 36,7 km/s tezlikda harakat qilgan. Bu orqali Ryudiger hozircha Angliya chempionatining eng tez futbolchisi bo‘lib turibdi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh va "Vulverxempton" sobiq futbolchisi Adama Traorega tegishli. Ular bir hil 36,6 km/s tezlik qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.
Keyingi o‘rinlardan 36,2 km/s tezlik bilan yana bir "Liverpul" vakili Ibraima Konate, bir hil 36,1 km/s tezlik qayd etgan "Aston Villa" a’zosi Olli Uotkins hamda "Lester" hujumchisi Patson Daka o‘rin olgan.
Fikrlar