APLning eng tez yuguradigan futbolchisi kim?

  • 27 may, 2024, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi yakunlanganidan keyin statistika mutaxassislar turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqalardan ustun bo‘lgan futbolchilarni aniqlamoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, yakunlangan mavsumning eng tezkor futbolchisi sifatida “Tottenxem” himoyachisi Mikki van de Ven qayd etilgan.

O‘tgan yozda “Volfsburg”dan “Tottenxem”ga ko‘chib o‘tgan niderlandiyalik futbolchi londonliklarga 43 million funtga tushgan edi.

Ange Postekoglu unga asosiy tarkibdan joy berdi. Mavsumning birinchi qismida – noyabr-dekabr oylarida Mikki jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmagan pallada “Tottenxem” beshta uchrashuvdan to‘rttasida mag‘lub bo‘ldi va atigi bir ochko jamg‘ardi.

23 yoshli himoyachi “Brentford”ga qarshi uchrashuvda saotiga 37,38 kilometr tezlik qayd etdi.

Squawka portali bu ko‘rsatkichni qayd etib kelayotgan 2020 yildan beri bu eng katta tezlik bo‘ldik.

Mikki van de Ven o‘tgan mavsum Bundesliganing eng tezkor futbolchisi sifatida e’tirof etilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!