APLda qo‘shhokimlik: MYu "Aston Villa"ni mag‘lub etib, "Liverpul"ga etib oldi

  • 2 yanvar, 2021, 03:05
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi 17-turida "Manchester Yunayted" "Aston Villa" bilan bahs olib bordi va kichik hisobda g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

O‘yinda ikkala jamoa navbati bilan ustunlik qildi. 40-daqiqada Antoni Marsyal qanotdan uzatilgan pasni boshi bilan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. 58-daqiqada Bertran Traore rikoshetdan so‘ng, to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. 2 daqiqadan so‘ng, Pol Pogba raqib jarima maydoni ichida yiqitildi va uchrashuv bosh hakami "Villa" darvozasiga penalti belgiladi. Brunu Fernandesh 11 metrli zarbani aniq amalga oshirdi. Gol o‘yindagi so‘nggisi bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng MYu 16 ta o‘yinda 33 ochko to‘plab "Liverpul"ga etib oldi, "Aston Villa" esa 15 ta bahsda 26 ochko bilan 6 o‘rinda qoldi.

O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Alisher Markayev
02/01/2021 08:14
Манчестер Юнайтед чемпион
Омад тилайман.
Alisher Markayev
02/01/2021 08:14
Манчестер Юнайтед чемпион
Омад тилайман.