APLda fevral oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar aniqlandi
Angliya Premer-ligasining fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi.
Ro‘yxatga Fil Foden ("Manchester Siti"), Joau Gomes ("Vulverxempton"), Paskal Gross ("Brayton"), Rasmus Xoylund ("Manchester Yunayted"), Rodrigo Munis ("Fulxem"), Bukayo Saka ("Arsenal") va Olli Uotkins ("Aston Villa") kiritilgan. Avvalroq, Premer-liga oyning eng yaxshi murabbiyi nomiga nomzodlarni elon qilgandi.
Ayni damda APL turnir jadvalida “Liverpul” 60 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.



Fikrlar