
APL va Bundesliga klublari yosh yarim himoyachi uchun kurashadi
"Nyukasl"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Lyuis Mayli yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, Angliya Premer-ligasi va Germaniya Bundesligasi klublari yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Yuqori raqobat tufayli "Nyukasl"da ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish Mayli uchun qiyin bo‘lmoqda.
Joriy mavsumda Mayli barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda ishtirok etdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Maylining "qarg‘alar" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 22 million evroga baholamoqda.
Fikrlar